OCAA-Qurilish

Bosh sahifa / Armatura

Armatura ogʻirligi va miqdorini hisoblash

Armatura ogʻirligi diametrning kvadratiga bogʻliq. Poʻlat zichligi 7850 kg/m³ boʻlgani uchun 1 metr ogʻirligi taxminan 0,00617 × d² kg ga teng, bunda d millimetrda.

Formula

m (1 metr) = 0,00617 × d²
Jami kg = m × umumiy uzunlik
Sterjen soni = umumiy uzunlik ÷ 11,7

Misol

Ø12 armatura, 500 m: 0,00617 × 144 = 0,888 kg/m, jami 444 kg. 11,7 metrlik sterjendan 43 dona kerak.

Nimalarga eʼtibor berish kerak

  • Ulanish (nahlyost) uchun odatda 40 × d uzunlik qoʻshiladi.
  • Bogʻlash simi taxminan har tonna armaturaga 10 kg.
  • Bu material miqdori hisobi. Armatura diametri va qadamini konstruktor tanlaydi.

Butun obyektni hisoblang

OCAA-Qurilish Hisob ilovasida shu hisobni qavatlar boʻyicha, armatura, opalubka va smeta bilan birga bajarasiz, natijani PDF yoki Excel qilib olasiz.

Natija material miqdori uchun taxminiy hisob boʻlib, konstruktiv hisob oʻrnini bosmaydi.